Hindiston elektrni tejash uchun konditsioner haroratini cheklamoqchi

    Hindiston hukumati mamlakatda elektr energiyasini tejash uchun yangi konditsionerlarda harorat sozlamalariga cheklov oʻrnatmoqchi.

    Associated Press xabar berishicha. Hindiston energetika vaziri iyun oyida mamlakatda sotiladigan konditsionerlarda 20 darajadan (68 Farengeyt) past boʻlmagan haroratni oʻrnatish mumkin boʻlgan termostatlarga ega boʻlishini talab qiluvchi qoidani taklif qildi.

    Amaldagi taritbga koʻra, eng past sozlama 17 daraja(62 F)ni tashkil qiladi.

    Rasmiylar kichik oʻzgarish 1,4 milliarddan ortiq aholiga ega mamlakatda katta energiyani tejash imkonini beradi, deb umid qilmoqda.

    Xabara aytilishicha, har yili 10 milliondan 15 milliongacha konditsionerlar sotiladi, chunki daromadlar va urbanizatsiya harorat bilan birga oshib bormoqda.

    Rasmiylarning taʼkidlashicha, konditsioner yoqilgan har bir daraja energiyani taxminan 6 foizga tejaydi.

    Qoida tez orada kuchga kirishini aytdi, ammo vaqt haqida aniq maʼlumot berilmagan.