Hindiston: ko'chki qurbonlari soni 277 nafarga yetdi

    Hindiston janubidagi Kerala shtatida ko'chki qurbonlari soni 277 nafarga yetdi.

    Bu haqda The Times of India gazetasi xabar bermoqda.

    Shtat sog'liqni saqlash departamenti avvalroq 163 kishining o'limi haqida xabar bergan edi. 200 dan ortiq odam jarohatlandi. Kerala hukumati 227 kishi hamon bedarak yo'qolganligini tasdiqladi.

    Hindiston janubidagi Kerala shtatining Vayanad tumanida ikki kun davom etgan kuchli yomg'irdan so'ng to'rt soat ichida uch bor ko'chki sodir bo'ldi. Voqea joyida harbiylar, havo kuchlari texnikasi va qidiruv itlari ishtirokida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Ko'chkilar ko'plab uylar, yo'llar va ko'prikni vayron qildi, deb xabar beradi report.az.