Tadbirda Milliy mudofaa kolleji rahbariyati, mazkur harbiy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan 25 dan ortiq xorijiy davlatning 120 dan ziyod vakillari ishtirok etdi.
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston hayotining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarida erishilayotgan salmoqli natijalar haqida rang-barang maʼlumotlar taqdim etildi, milliy qadriyatlarimiz, anʼana va urf-odatlarimiz haqida soʻzlab berildi. Oʻzbek milliy liboslari va taomlari, boshqa koʻrgazmali materiallar tadbir ishtirokchilarida katta qiziqish uygʻotdi.
Taqdimot yakunida Oʻzbekiston tarixi, madaniy-maʼrifiy merosi obyektlari, mashhur sayyohlik manzillari, turli sohalardagi islohotlar va erkin sanoat hududlari haqida hikoya qiluvchi videolavhalar namoyish etildi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.