Hindiston o'rta masofaga mo'ljallangan ballistik raketani muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi

    Hindiston harbiylari o'rta masofaga mo'ljallangan ballistik raketani – qit'alararo Agni-5 raketasini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazdi, deb xabar bermoqda Hindustan Times mamlakat mudofaa vazirligiga tayanib.

    “Uchirish jarayoni barcha jangovar va texnik ko'rsatkichlarga javob berdi. U Strategik kuchlar qo'mondonligi nazorati ostida o'tkazildi, deyiladi vazirlik xabarida.

    Sinovlar Hindiston sharqidagi Odisha shtatidagi raketa poligonida o'tkazildi.

    Hindustan Timesning qayd etishicha, raketaning ushbu versiyasi Mudofaa tadqiqotlari va ishlanmalari tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan.

    Hozirgi vaqtda Agni-5 ning maksimal parvoz masofasi taxminan 7000 kilometrni tashkil qiladi. Parvoz masofasini 7500 kilometrgacha oshirish ishlari olib borilmoqda. 2024-yil mart oyida Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi Hindiston birinchi marta Agni-5 ning ishlab chiqilgan versiyasini individual ko'rsatmalar bilan ajralib chiqadigan bir nechta jangovar kallaklar bilan muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazganini aytdi, deb xabar berdi interfax.ru.