Seshanba kuni Selsiy bo'yicha 49,9 darajaga yetdi, bu yilning shu davridagi me'yordan to'qqiz darajaga yuqoridir. Avvalroq Dehlida qayd etilgan eng yuqori harorat 2022-yilning 15-16-may kunlari kuzatilgan Selsiy bo'yicha 49,2 daraja edi.
Elektr boshqarmasi xodimlarining ta'kidlashicha, Hindiston poytaxtida jazirama to'lqini sharoitida rekord darajada elektr energiyasi iste'moli (8,302 megavatt) qayd etildi, chunki aholi orasida konditsionerlardan foydalanish ko'rsatkichlari oshib bormoqda, deb xabar beradi ria.ru.