Hindiston quyosh qurilmalarini kanallarda joylashtirishni boshladi

    Bilasizmi? 12 Yanvar 2021 620

    Hindiston yer va suvni tejash maqsadida quyosh qurilmalarini kanallarda joylashtirishni boshladi.

    Quvvati 10 MVt boʻlgan Quyosh qurilmasi Gujarat shtatidagi Vadodara shahri chekkasidagi uzunligi 3,6 kilometr boʻlgan sugʻorish kanalida qurilgan. U poʻlat tirgaklarga oʻrnatilgan 33 800 ta quyosh batareyalaridan tashkil topgan.

    Mutaxassislar quyosh qurilmalarini kanallarda joylashtirishning ikki asosiy afzalligini alohida qayd etmoqdalar: yerdan unumli va arzon foydalanish hamda qurilma tagidagi kanal oʻzanida suv bugʻlanishini kamaytirish, deb xabar beradi “Sof Energiya” ilmiy-ommabop jurnali.

    “Hindiston – qayta tiklanuvchi energetika sohasida jahondagi yetakchi mamlakatlardan biridir, — deb yozadi xabarda. — Prognozlarga koʻra Hindistonda elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyoj ushbu bozorning 2050-yillarga kelib olti marotaba oʻsishiga olib keladi. Mamlakat hukumati qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (QTEM) rivojlantirishning yirik dasturini roʻyobga chiqaryapti. 2014-yildan 2019-yillar oraligʻida tarmoqqa ulangan QTEM quvvatlari 2,5 karra, yaʼni 32 GVtdan 79 GVtgacha oʻsdi”.