Hindiston raketasi Yerni masofadan zondlash sun'iy yo'ldoshini orbitaga olib chiqdi

    Juma kuni SSLV raketasi EOS-08 Yerni masofadan zondlash sun'iy yo'ldoshini va Space Rickshaw kubsatini orbitaga olib chiqdi.

    Bu haqda Hindiston koinot tadqiqotlari tashkiloti (ISRO) ma'lum qildi.

    Raketa Hindiston janubi-sharqidagi Shrixarikota orolidagi kosmodromdan uchirildi. Bu yangi hind raketasining uchinchi uchirilishidir.

    2022-yil avgust oyidagi birinchi urinish muvaffaqiyatsiz tugadi. Raketa sun'iy yo'ldoshlarni mo'ljallangan orbitaga joylashtira olmadi.

    Og'irligi 120 tonna va balandligi 34 metr bo'lgan SSLV (Small Satellite Launch Vehicle) raketasi 500 kilometr balandlikdagi orbitaga 500 kilogrammgacha yukni olib chiqa oladi, deb xabar beradi report.az.