Bu haqda shtat tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi xabar berdi.
“Muson yomg'irlari oqibatida qurbon bo'lganlarning umumiy soni 240 nafarga yetdi, jumladan, ko'chki, toshqin va kuchli yomg'ir yog'ishi bilan bog'liq hodisalarda 125 kishi, yo'l-transport hodisalarida esa 115 kishi halok bo'ldi”, deyiladi boshqarma xabarida.
Ikkita milliy avtomagistral to'sib qo'yilgan, bu esa tog'li hududlar bilan muhim aloqani uzmoqda. Viloyatda elektr va suv ta'minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shtat bo'ylab ko'chkilarni kuzatish bo'yicha ko'plab stansiyalar hozirda ishlamayapti, bu esa davom etayotgan musson mavsumida o'z vaqtida ogohlantirish va ofatlarga tayyorgarlik ko'rish borasida xavotirga sabab bo'lmoqda, deb xabar berdi report.az.









