Muloqot chogʻida Hindiston tomoni davlatlararo munosabatlarning bugungi darajasini yuqori baholab, izchil va yuqori surʼatda rivojlanayotganini qayd etdi.
Turli sohalarda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqotini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Afgʻonistondagi hozirgi vaziyat, jumladan, mamlakatga insonparvarlik yordam koʻrsatish borasida atroflicha fikr almashildi.
Hindiston tomoni Afgʻonistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni oʻrnatish boʻyicha Oʻzbekiston bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.