Hindiston tibbiyot komissiyasi abituriyentlarga ayrim xorijiy oliy oʻquv yurtlariga oʻqish uchun kirmaslikni tavsiya qildi

    2025-yil 22-iyul kuni Hindistonning Milliy tibbiyot komissiyasi (NMC) tibbiyot sohasida oʻqish istagida boʻlgan abituriyentlarni ogohlantirdi.

    “Agar talabalar mazkur taʼlim muassasalariga qabul qilinsa, ular Hindistonda tibbiy roʻyxatdan oʻtish huquqidan mahrum boʻladi,” deyiladi murojaatda.

    Ushbu roʻyxatga AQSHning 3 va Oʻzbekistondagi 1 oliy taʼlim muaassasi kiritilgan boʻlib, ular:

    1. Central American Health and Sciences University, Beliz
    2. Columbus Central University, Beliz
    3. Washington University of Health and Sciences, Beliz
    4. Toshkent davlat tibbiyot universiteti Chirchiq filiali, Oʻzbekiston.

    Qayd etilishicha, ushbu universitetlar Hindistondagi tibbiyot taʼlimi standartlariga javob bermaydi. Taʼlim va klinik amaliyot sifatsiz tashkil etilgan. Kampus infratuzilmasi yetarli emas yoki umuman mavjud emas. Shuningdek, Hindistonlik talabalarga nisbatan taʼqib va bosim holatlari kuzatilgan.

    Kursni tark etgan talabalarga pul qaytarilmagan, haddan tashqari toʻlovlar talab qilingan.

    Hindiston Tibbiyot komissiyasi yodga soladiki, 2021-yilda qabul qilingan Foreign Medical Graduate Licentiate (FMGL) qoidalari asosida taʼlim tili, davomiyligi, oʻquv dasturi, amaliyot va internatura toʻliq talablarga mos boʻlishi kerak. Aks holda, Hindistonda shifokor sifatida faoliyat yuritish uchun roʻyxatdan oʻtish imkoni boʻlmaydi.