Tunda Hindiston Kashmirdagi teraktga javob tariqasida “Sindur operatsiyasi” doirasida Pokistonning toʻqqizta obyektiga zarba berdi. Kamida 8 kishi halok boʻlgani maʼlum.
Oʻz navbatida, Pokiston buni yadroviy qurolga ega boʻlgan davlatlar oʻrtasidagi keskinlik kuchayishi sharoitida «ochiqdan-ochiq urush akti« deb baholadi hamda Hindistonga javob zarbalari yoʻlladi. Buning natijasida 3 nafar tinch aholi halok boʻlgani aytilmoqda.
Pokiston 5 ta hind samolyotini Hindiston havo hududida urib tushirganini maʼlum qildi. Ulardan biri maktab hududiga qulagan.
Pokiston, agar Hindiston hujumlarni toʻxtatsa, vaziyatni keskinlashtirmaslikka tayyor ekanligini maʼlum qildi. Oʻz navbatida, yaqin orada Hindiston holat boʻyicha brifing oʻtkazmoqchi.