Avtomatik sayyoralararo stansiyaning (AMS) Venera yaqinidagi orbitaga chiqishi uchun 112 kun kerak bo'ladi. Missiya LVM-3 raketasida uchirilishi rejalashtirilgan. Agar Shukrayaan-1 2028-yil 29-martda uchirilsa, AMC 19-iyulda Venera orbitasiga yetib boradi.
Sentabr oyida SpaceNews Hindiston 2028-yil mart oyida Venus Orbiter Mission missiyasini Veneraga uchirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berdi. Venera yaqinidagi orbitaga fazoviy kemani chiqarishdan maqsad sayyora atmosferasi, geologiyasi va evolyutsiyasini o'rganishdan iborat. Missiya byudjeti 149 million dollarni tashkil etadi, shundan 99 million dollari AMSning o'zi uchun sarflanadigan xarajatlardir, deb xabar beradi lenta.ru.
May oyida TASS Hindiston koinot tadqiqotlar tashkiloti rahbari Shridxar Paniker Somnatxga tayanib, Dehli 2024-yilda Veneraga fazoviy kemani jo'natishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.