Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, korxonada dastlab noma'lum elektr muammosi tufayli portlash sodir bo'lgan, shundan so'ng u yerda yong'in boshlangan. Binodagi xodimlar kuyish jarohati olgan va shifoxonalarga yetkazilgan.

Farmatsevtik ingredientlar ishlab chiqaradigan korxonada jami 380 kishi ikki smenada mehnat qilyapti. Favqulodda hodisa joyida o't o'chiruvchilar ishlamoqda, deb xabar beradi tass.ru.