Politsiya xodimi Prashant Kumar maʼlum qilishicha qurbonlar kuzatilmagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar tunnelda qolib ketgan ishchilar bilan aloqa o‘rnatgan. Hozirda ularga suv va kislorod yetkazilmoqda.
Hodisa yakshanba kuni Uttarakxand shtatida sodir bo‘lgan. Bu shtat sayyohlar orasida juda mashhur.
So‘nggi yillarda Uttarakxandda keng ko‘lamli binolar va yo‘llar qurilishi davom etmoqda.
Hodisa federal hukumatning turli ziyoratgohlarni bog‘lash bo‘yicha eng muhim loyihasi bo‘lgan Chardxem ekspress yo‘lida sodir bo‘lgan.
Tunnel qurilishini nazorat qiluvchi Navyug qurilish kompaniyasining loyiha menejeri Rajesh Pavar dushanba kuni tunnel ostida qolgan ishchilarning aniq sonini tasdiqladi.
Qutqaruv ishlari yakshanba kuni boshlangan. Qutqaruvchilar kislorodni quvur orqali tunnelning qulagan qismiga yubormoqda.
Qutqaruv guruhi 15 metrga oldinga o‘tdi va vayronalar ostida qolganlarga yetib borish uchun 35 metr yo‘l bor.
Voqea joyida tun bo‘yi 150 dan ortiq qutqaruvchi ishladi.
Burg‘ilash texnikalari va ekskavatorlar ham safarbar qilindi.