Hindiston shimolidagi Uttarakxand tog'li shtatida qor ko'chkisi oqibatida 50 ga yaqin odam qor ostida qolib ketdi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Uttarakxandning Chamoli tumanida yuz bergan qor ko'chkisi tufayli qishloqning 57 nafar ishchisi qor ostida qolib ketdi. Ulardan o'n nafari qor ostidan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan.
Hodisa joyida qutqaruvchilar ishlamoqda, deb xabar beradi tass.ru.









