Hindiston Meteorologiya Departamenti (IMD) ma'lumotlariga ko'ra, may oyida Hindiston bo'ylab issiq kunlar 125 foizga oshgan. Dehlida harorat 50 darajaga yetgan. Bu esa suv va elektr ta'minotlarida jiddiy muammolarni yuzaga keltirmoqda. Kuzatilayotgan havo harorati odatdagidan ancha yuqori bo'lib, bir milliard odam jaziramadan aziyat chekmoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, kuzatilayotgan jazirama tufayli so'nggi 72 soat ichida kamida 50 ta o'lim qayd etilgan. Shuningdek, Hindistonning Sharqiy Odisha shtatida jazirama tufayli bir kunda 45 kishi hayotdan ko'z yumgan.
Olti haftadan buyon davom etayotgan “Mamot” saylovlarida navbatchilik qilayotgan ishchilarning 33 nafari saylovning ettinchi va oxirgi bosqichi o'tkazilayotganda vafot etgan.
Avvalroq, Hindistonda Saylov komissiyasi milliardga yaqin saylovchilar ishtirokidagi milliy saylovlarni rejalashtirishda anomal issiqni hisobga olmagani uchun tanqid qilingandi.
Saylovchilar o'zlarini himoya qilish uchun hech qanday tayyorgarlik ko'rmasdan, jazirama issiqda ishlashmoqda. Avvalgi bosqichlarda esa saylovchilar noqulay ob-havo sharoitidan shikoyat qilishgan. Mahalliy OAVlar ham bir necha kishi anomal issiqdan hushidan ketganini xabar qilgan edi.