Hindistonda avtobus halokatga uchradi, kamida 18 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida yo'lovchi avtobusining halokatga uchrashi oqibatida kamida 18 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda mahalliy hokimiyat organlari ma'lum qildi.

    Ma'lumotlarga ko'ra, Unnao tumanida Dehliga ketayotgan avtobus sut tashuvchi konteynerga borib urilgan. Avtobusda jami 50 kishi bo'lgan, deb xabar beradi report.az.

    “Bugun soat 05:15 atrofida Motixaridan Bixar shtatiga yo'l olgan xususiy avtobus sut tashuvchi transport vositasi bilan to'qnashib ketdi. Hodisa oqibatida 18 kishi hayotdan ko'z yumdi, 19 kishi jarohat oldi. Dastlabki tergov ma'lumotlariga ko'ra, avtobus haydovchisi tezlikni oshirdi, dedi mahalliy ma'muriyat vakili Gaurang Rati jurnalistlarga.