Hodisa Srinagar shahridan (Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir) 150 kilometr janubda joylashgan Doda okrugining Assar tumanida sodir bo'lgan. Mashina Kishtvardan Jammuga ketayotgan edi.
Huquq-tartibot idoralari xodimlarining so'zlariga ko'ra, hodisa joyiga birinchi bo'lib mahalliy aholi yetib kelgan va jabrlanganlarga yordam ko'rsatgan. Hodisa sabablari hozircha noma'lum. Hindiston Prezidenti Draupadi Murmu va Bosh vazir Narendra Modi halok bo'lganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi, deya xabar beradi mir24.tv.