Hindistonda Chandipura virusi tufayli kamida 16 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Yaqinda Hindistonning Gujarat shtatida Chandipura virusidan kamida 16 kishi vafot etdi.

    Mazkur kasalikka chalinish holatlari hozirgacha faqat Hindistonda rasman qayd etilgan. Shtat sog'liqni saqlash vaziri Rashikesh Patel jurnalistlarga kasallikka chalinish bilan bog'liq jami 50 ta holat qayd etilganini aytdi.

    “Boshqa shtatlarda Chandipura virusi bilan kasallanish bilan bog'liq uchta holat, butun shtatdan [Gujarat] 50 ta Chandipura virusi holati qayd etildi va 16 holatda odamlar vafot etdi”, deya Patelning so'zlaridan iqtibos keltirdi NDTV telekanali.

    O'tgan hafta boshida shtat rasmiylari rasman tasdiqlangan bitta o'lim va kasalikka chalinish bilan bog'liq 29 ta holat haqida xabar berishdi.

    Chandipura virusi chivin, kana chaqishi orqali yuqadi. U birinchi marta 1965-yilda Hindistonning Maxarashtra shtatidagi Chandipura qishlog'ida ensefalit avj olgan paytda aniqlangan, deb xabar beradi tass.ru.