Yaqinda Journal of Threatened Taxa ilmiy nashri tomonidan chop etilgan hisobotda Hindistonning Maxarashtra shtatida sodir bo'lgan voqea haqida so'z boradi. Yovvoyi itlar to'dasi tomonidan quvilgan yosh it Savitri daryosiga sakrab tushadi.
Uchta timsoh itni ko'rib, unga yaqinlasha boshladi. Shunisi e'tiborga loyiqki, yirtqichlar itni yeb qo'yish o'rniga, uni xavfsizroq joyga surib, yovvoyi itlar to'dasi unga tahdid qila olmaydigan daryo qirg'og'idagi hududga kuzatib qo'yishdi, deb xabar beradi tengritravel.kz.
Ta'kidlanishicha, ushbu turdagi timsohlarning uzunligi 5 metrga, vazni esa taxminan 450 kilogrammga yetishi mumkin. Ushbu yirtqichlar hatto Hindiston, Shri-Lanka, Pokiston va Nepalning ma'lum mintaqalarida yashovchi odamlar uchun ham jiddiy xavf tug'diradi.
Nashr mualliflari ushbu holatni tahlil qilar ekan, o'sha paytda timsohlarning qorni to'q bo'lgani, shuning uchun ham itga hujum qilmaganligini taxmin qilishgan. Biroq timsohlarning och emasligi ularning itni qutqarish uchun maqsadli harakatlariga izoh bo'la olmaydi.
“Biz bu timsohning ruhiy holati bilan bog'liq xatti-harakatlar deb hisoblaymiz, bunda turlararo “hissiy empatiya” paydo bo'ladi, bu juda keng o'rganilmagan holatlardir, bir turning boshqa turning hissiy tuyg'ularini boshdan kechirish qobiliyati e'tirofga loyiqdir. G'alati holat. Bir guruh timsohlar tomonidan itning “qutqarilishi” altruistik xatti-harakatlardan ko'ra rahm-shafqatga o'xshaydi. Biroq sudralib yuruvchilarning bunday aqliy qobiliyatlari kam o'rganilgan”, deb ta'kidlaydi olimlar.