Hindistonda diniy marosim chog'ida yuz bergan tiqilinch tufayli kamida 27 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Uttar-Pradesh shtatining Xatras shahrida diniy tadbir vaqtida yuz bergan tiqilinchda kamida 27 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda NDTV telekanali ma'lum qildi.

    Vafot etganlarning 25 nafari ayollardir. 15 kishi, jumladan, ayollar va bolalar jarohatlandi, ular shifoxonalarga yetkazildi.

    Fojiaga nima sabab bo'lganiga aniqlik kiritilmadi. Voqea joyiga tez yordam va politsiya yetib keldi. Qurbonlar soni ortishi mumkin, deb xabar beradi report.az.