Hindistonda diniy tadbir chog'ida yuz bergan tiqilinch oqibatida hayotdan ko'z yumganlar soni 120 nafardan oshdi

    Uttar-Pradesh shtatidagi diniy yig'inda yuz bergan tiqilinchda 121 kishi halok bo'ldi, 28 kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy politsiya jurnalistlarga ma'lum qildi.

    Avvalroq 27 kishining vafot etgani xabar qilingan edi.

    Seshanba kuni 50 ming kishi diniy voiz Bxole Baba bilan uchrashish uchun kelgan fojia joyida kriminologlar va sud-tibbiyot ekspertlari ishlamoqda. Tadbir tashkilotchilariga nisbatan ish ochildi. Politsiya favqulodda vaziyatdan keyin g'oyib bo'lgan voizning o'zini qidirmoqda. Uning xayriya jamg'armasi Ram Kutir va uyi tintuv qilindi.

    Bobo o'z izdoshlari yig'ilishidan chiqib ketayotganda tiqilinch boshlandi. Odamlar ehtirom belgisi sifatida oyoqlariga teginish uchun uning orqasidan yugurishdi. Ularning ko'plari erga yiqildi. Voizning qo'riqchilari uning avtomashinasi qo'zg'almaguncha maydoning chiqish joyini to'sib qo'yishdi. Bu vaqt ichida o'zini yerda otgan odamlar olomon tagida qolib ketishdi.

    Uttar-Pradesh bosh vaziri Yogi Adityanatx voqeani “baxtsiz hodisa yoki fitna” ekanligini aniqlash uchun uni har tomonlama tergov qilishni buyurdi. Hindiston bosh vaziri Narendra Modi qurbonlar va jarohatlanganlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirib, ularga tovon puli to'lanishini ma'lum qildi, deb xabar beradi tass.ru.