Hindistonda yettita poyezd vagoni relsdan chiqib ketdi

    Hindiston shimoli-sharqidagi Assam shtatida Agartaladan Mumbayga ketayotgan tezyurar poyezdning lokomotivi va yetti vagoni relsdan chiqib ketdi.

    NDTV telekanali ma'lumotlariga ko'ra, voqea Dibolong bekatida sodir bo'lgan.

    Hozircha halok bo'lganlar va jarohatlanganlar haqida ma'lumot berilmadi. Tibbiy yordam ko'rsatish uchun voqea joyiga maxsus poyezd jo'natildi. Voqea holatlari yuzasidan surishtiruv ishlari boshlandi, deb xabar beradi tass.ru.