Hindistonda harbiy samolyot qulab tushdi, ikki kishi halok bo'ldi

    Hindiston harbiy-havo kuchlariga qarashli Yaguar qiruvchi samolyoti mamlakat shimoli-g'arbidagi Rajaston shtatining Churu okrugida qulab tushdi va ikki kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda Hindiston OAVlari xabar berdi.

    Qayd etilishicha, halokat mashg'ulot parvozi vaqtida sodir bo'lgan.

    Mahalliy aholining xabar berishicha, samolyot qulashi oqibatida yaqin atrofdagi dalalarda yong'in chiqqan va ular uni o'zlari o'chirishga harakat qilishgan.

    Samolyot qoldiqlari uchuvchining jasadi bilan birga dalada topildi.

    Halok bo'lgan uchuvchi va ikkinchi qurbonning shaxsi hozircha rasman tasdiqlanmadi.

    Samolyot halokatining aniq sabablari hali aniqlanmadi.

    Hindiston havo kuchlarining Rajastonda bir nechta bazalari bor, asosiylari Jodxpur va Bikanerda joylashgan, deb xabar beradi report.az.