Vishakapatnamadan Raygadga yo'lovchilarni olib ketayotgan poyezd boshqa yo'lovchi poyezdiga borib urilgan. To'qnashuv oqibatiida vagonlar relsdan chiqib ketgan. Qurbonlarning aniq soni hozircha noma'lum, deb yozadi Indian Express.

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, birinchi poyezd havo kabelining uzilishi tufayli to'xtab qolgan, shundan so'ng ikkinchi poyezd unga borib urilgan. Ichida odamlar bo'lgan kamida uchta vagon ag'darilib ketdi. Hozirda voqea joyida qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda, deb xabar beradi mir24.tv.