Hindistonda jangarilar tomonidan uyushtirilgan otishma oqibatida avtobus daraga tushib ketdi

    Hindiston shimolida noma'lum qurolli shaxslar ziyoratchilarni olib ketayotgan avtobusga qarata o'q uzishi tufayli avtobus daraga tushib ketdi, oqibatida kamida 10 kishi halok bo'ldi.

    NDTV telekanali ma'lumotlariga ko'ra, hodisa Jammu va Kashmirning ittifoq hududida sodir bo'lgan.

    Avtobusda mahalliy ibodatxonaga ketayotgan va terrorchilar tomonidan o'qqa tutilgan ziyoratchilar bo'lgan. Avtobus haydovchisi boshqaruvni yo'qotib qo'ygan va mashina yo'ldan chiqib ketgan.

    Voqea joyiga harbiylashtirilgan politsiya va quruqlikdagi kuchlar yuborilgan. Terrorchilarni qidirish ishlari davom etmoqda.

    1947-yilda Britaniya Hindistoni mustaqil bo'lib, diniy jihatdan ikki davlatga bo'linganidan beri Kashmir Hindiston va Pokiston o'rtasida bahsli holatni keltirib chiqardi. Ayni paytda Kashmirda davlat chegarasi yo'q: uning hududi nazorat chizig'i bilan bo'lingan. Hindiston qismida mamlakatdan ajralib chiqish tarafdori bo'lgan faol guruhlar mavjud. Nyu-Dehli qo'shni Pokistonni ekstremistlarni qo'llab-quvvatlashda ayblaydi, deb xabar beradi tass.ru.