Shtatning shimoli-sharqiy qismidagi tog'li hududlarda ko'chki sodir bo'ldi. Yuzlab odamlar vayronalar ostida qolib ketgan bo'lishi mumkin. Rasmiylar hozircha qurbonlarning aniq sonini ayta olmayapti.
Hodisa yuz bergan joyda qutqaruvchilar ishlamoqda. Ularga harbiylar qo'shildi va harbiy havo kuchlarining uchta vertolyoti yuborildi. Yog'ayotgan kuchli yomg'ir ularning ishini qiyinlashtirmoqda.
Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi qurbonlarning oila a'zolariga hamdardlik bildirdi va tovon pulini e'lon qildi, deb xabar beradi tass.ru.