Avvalroq 100 dan ortiq kishi hayotdan ko'z yumgani haqida xabar berilgan edi. Ko'plab mahalliy aholi vakillari bedarak yo'qolganlar ro'yxatida.
Chorshanba Keralada motam kuni deb e'lon qilindi.
Seshanbaga o'tar kechasi musson yomg'irlaridan keyin to'rt soat ichida shimoli-sharqdagi Vayanad tumanida uch bor ko'chki sodir bo'ldi. Favqulodda hodisa joyida harbiylar, harbiy havo kuchlari texnikasi va qidiruv itlari ishtirokida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Vayanad hududida ko'chkilar ko'plab uylarni, yo'llar va ko'prikni vayron qildi, deb xabar beradi tass.ru.