Hindistonda ko'chki qurbonlari soni 23 nafarga yetdi

    Hindistonning sharqiy qismidagi G'arbiy Bengaliya shtatida kuchli yomg'ir yog'ishi tufayli yuzaga kelgan ko'chki oqibatida mashhur sayyohlik maskani Darjilingda kamida 23 kishi halok bo'ldi.

    Bu haqda PTI axborot agentligi xabar bermoqda.

    “Hozirda qurbonlar soni 23 kishini tashkil etmoqda”, dedi agentlikka tabiiy ofatlarga qarshi kurashish milliy markazi vakili. Halok bo'lganlar orasida bolalar ham bor.

    Mahalliy ma'muriyatning hisob-kitoblariga ko'ra, kuchli yomg'ir mintaqada so'nggi o'n yillikdagi eng kuchli ko'chkilardan biriga sabab bo'lgan. Bo'ronning shiddatliligi ko'plab qishloqlarga zarar yetkazdi, asosiy yo'llarni to'sib qo'ydi. Voqea joyida qutqaruv xizmatlari ishlamoqda. Bir necha kishi vayronalar ostidan qutqarib olingan.

    Rasmiylar Darjilingdagi qurbonlar orasida sayyohlar ham bo'lishi mumkinligini inkor etmayapti. Shtat markazi Kolkata va Hindistonning boshqa shaharlaridan minglab sayyohlar Durga-Puja festivali uchun ushbu sayyohlik maskaniga kelishmoqda. Qutqaruvchilar jabrlangan hududlardan sayyohlarni xavfsiz evakuatsiya qilish choralarini ko'rmoqda.

    Meteorologlar yaqin kunlarda G'arbiy Bengaliyaning tog'li hududlarida yana ko'chki va suv toshqini xavfi yuqoriligidan ogohlantirmoqda. Rasmiylar aholi va sayyohlarga jabrlangan hududlarga sayohat qilmaslik va ehtiyot choralarini ko'rishni tavsiya qilmoqda, deb xabar berdi report.az.