Hindiston g'arbidagi Maxarashtra shtatidagi mashhur turistik maskanda daryo ustidagi temir ko'prikning qulab tushishi oqibatida kamida to'rt kishi halok bo'ldi, 50 nafardan ortiq kishi jarohatlandi, deb xabar bermoqda Times of India 16-iyun, dushanba kuni.

Ko'prik qulaganda uning ustida o'nlab turistlar bo'lgan va ko'pchilik daryoga tushib ketgan. Olti kishi qutqarib olindi, ba'zilarini suv oqizib ketgani sababli qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Hodisa 15-iyun kuni Pune okrugining Kundamala tumanida sodir bo'lgan, u yerda so'nggi bir necha kun ichida kuchli yomg'ir yoqqan. Ko'prikning qulashi oqibatida to'rt kishi halok bo'ldi, 51 kishi jarohatlandi, ulardan sakkiz nafarining ahvoli og'ir.

Qayd etilishicha, ko'prik eski bo'lgan va hodisa paytida odamlar soning ko'pligi uning qulashiga sabab bo'lishi mumkin, deb xabar beradi korrespondent.net.