Mahalliy va markaziy hokimiyat vakillarining so‘zlariga ko‘ra, Hindistonning g‘arbiy shtatida osma ko‘prik qulashi oqibatida qurbon bo‘lganlar oilalariga 600 ming rupiy (7,2 ming dollar) miqdorida tovon puli to‘lanadi.

Shuningdek, Gujarat shtati hukumati rahbari Bhupendra Patel 400 ming rupiy (4,8 ming dollar) to‘lanishini maʼlum qildi. Shu bilan birga, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi mukofot jamg‘armasidan qurbonlarning oila aʼzolariga 200 ming rupiy (taxminan 2400 dollar) to‘lashga vaʼda berdi.

Ko‘prik qulashi vaqtida uning ustida 500 dan ortiq odam, jumladan, bolalar bo‘lgan.