Bu haqda The Times of India nashri xabar bermoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, ko'prik qulab tushayotgan paytda yuk mashinasi, furgon va yengil avtomobil ko'prikdan o'tayotgan edi.
Anand okrugidan parlament deputati Mitesh Patelning aytishicha, hozirgacha 3 kishining jasadi topilgan, 4 kishi qutqarilgan.
“Vadodara va Anand okruglari hokimiyati tomonidan qutqaruv ishlari davom etmoqda”, dedi u.
Mahalliy aholi birinchi bo'lib yordamga kelgan va favqulodda xizmatlarni chaqirgan. Voqea joyida politsiya, o't o'chiruvchilar va qutqaruvchilar ishlamoqda.
“Ko'prikning bir qismi to'satdan qulab tushdi. O'sha qismidan o'tib ketayotgan uchta mashina daryoga qulab tushdi. Qutqaruv operatsiyasini boshladik va daryodan 10 kishi olib chiqildi”, dedi yong'in xavfsizligi xizmati xodimi.
Qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Rasmiylar qulash sabablarini o'rganmoqda.
Gambxira ko'prigi Vadodaradan (Gujaratning uchinchi yirik shahri) taxminan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan va hududning transport aloqasida muhim ahamiyatga ega, deb xabar beradi report.az.









