Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligi bir sutkada koronavirus infeksiyasining 260 ming yangi holatini qayd etdi. Umuman olganda, mamlakatda 15 milliondan ortiq odam virus yuqtirgan.

Shu tariqa, Hindiston koronavirus yuqtirganlar soni boʻyicha dunyoda AQSHdan keyin ikkinchi oʻrinda turibdi. Hindiston shifoxonalari oldida koronavirus infeksiyasiga qarshi vaksina bilan emlanishni istagan odamlar soni koʻpaymoqda. Mamlakatda koronavirus infeksiyasini birinchi yuqtirish holati 2020-yil 30-yanvarda qayd etilgan.

Shu kunlarda Hindistonda 1 929 305 bemor koronavirusdan davolanmoqda. Hindiston Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, mamlakatda hozirgacha 123 million doza vaksina ishlatilgan.