Hindistonda koronavirusning koʻpayishi davom etyapti

    Dolzarb 7 Sentabr 2020 585

    Hindistonda pandemiya tarixida koronavirus bilan kasallanganlar sonining bir kunda rekord darajada oʻsishi kuzatildi.

    COVID-19 ga test oʻtkazilganda 90 802 kishida ijobiy natija aniqlangan. Sogʻliqni saqlash va oila farovonligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Hindistonda umumiy kasallanganlar soni 4 million 204 ming 613 kishini tashkil etadi.

    TASSning aniqlik kiritishicha, Ushbu koʻrsatkichi boʻyicha Hindiston Braziliyadan (4 137 521 kishi kasallangan) oʻtib, SARS-CoV-2 infeksiyasi bilan kasallanganlar soni boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻringa chiqqan.

    Eng koʻp kasallanganlar soni Maxarashtra (907 201 kishi), Andxra-Pradesh (498 125 kishi), Tamilnad (463 480 kishi), Karnatka (398 551) va Uttar-Pradesh (266 283 kishi) shtatlarida belgilangan. Sogʻliqni saqlash vazirligi shuningdek, Hindiston koronavirusga test oʻtkazish boʻyicha dunyoda yetakchi mamlakatlar qatorida ekanligini taʼkidlaydi. Ushbu mamlakatda 49,5 million atrofida bunday tahlillar oʻtkazilgan, deb xabar beradi Rossiyskaya gazeta.