Hindistonda kuchli jazirama tufayli bir kunda kamida 20 kishi hayotdan ko'z yumdi

    Hindistonda kuchli jazirama oqibatida 24 soat ichida kamida 20 kishi hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda India TV Hindi xabar berdi.

    Oxirgi 24 soat ichida eng ko'p qurbonlar Odisha shtatida qayd etilgan. U yerda 10 kishi halok bo'ldi. Mahalliy hukumat shifoxonasi shifokorining so'zlariga ko'ra, ulardan sakkiz nafari kasalxonaga yetib kelguncha vafot etgan.

    Qo'shni Jarxand shtatida jazirama tufayli to'rt kishi hayotdan ko'z yumdi. Ulardan uch nafari shifoxonada vafot etgan.

    Payshanba kuni poytaxt rasmiylari jazirama tufayli bir kishi hayotdan ko'z yumgani haqida xabar berishgan edi.

    Ayrim hududlarda Selsiy bo'yicha 50 darajadan oshgan g'ayritabiiy issiq ob-havo Hindistonning ayrim shtatlarida bir necha kun ketma-ket saqlanib qoldi, deb xabar beradi tass.ru.

    Mahalliy meteorologlarning ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning mayi tarixdagi eng issiqlardan biri bo'ldi.