Biz ushbu kasallikka qarshi vaktsina yaratish ustida ishlamoqdamiz. Umid qilamizki, joriy yil oxirigacha ijobiy natijaga erishiladi, deya nashr SII direktori Adar Ponavalladan iqtibos keltiradi.
Nashrga ko'ra, Punedagi Milliy virusologiya instituti Hindistonda 2022 yilda maymunchechak bilan kasallangan 30 ta holat qayd etilgan Mpox namunalarini o'rganish bo'yicha mamlakatdagi etakchi tibbiy muassasaga aylangan.
Avvalroq Hindiston hukumati mpox tarqalishi xavfi tufayli aeroportlar, dengiz portlari va Bangladesh hamda Pokiston bilan chegaralarda hushyorlikni kuchaytirgan edi.
Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti 2022 yil iyul` oyida maymunchechak epidemiyasini xalqaro tashvishga soladigan favqulodda holat deb e'lon qilgan edi. Hindistonda Mpox infektsiyasining oxirgi holati 2024 yil mart oyida aniqlangan. Mamlakat bosh vaziri Narendra Modi idorasi ma'lumotlariga ko'ra, hozirda Hindistonda maymunchechak bilan kasallanish holatlari qayd etilmagan.