Bu haqda The Hindu gazetasi xabar bermoqda.
G'arbiy Maxarashtra shtatining Sundxudurg tumanidagi yodgorlikning ochilishi 2023-yil dekabrida Bosh vazir Narendra Modi ishtirokida bo'lib o'tgandi.
Nashr ma'lumotlariga ko'ra, Shivajining 10 metrlik haykalini ifodalovchi yodgorlik ochilishidan sakkiz oy o'tib, dushanba kuni qulab tushdi, qurbonlar va jarohatlanganlar yo'q.
Qurilish ishlari davomida sifatsiz konstruksiyalar va materiallardan foydalanilgan, deb yozadi gazeta.
Mahalliy hokimiyat organlari avvalroq ob-havo sharoiti ta'sirida va sifatsiz qurilish ishlari oqibatida qulash ehtimoli haqida ogohlantirgan mutaxassislar fikriga e'tibor bermagan, deb xabar beradi report.az.