Hindistonning Haydarobod shahrida oltin tangalarni kredit yoki debet plastik kartalari orqali xarid qilish mumkin bo'lgan birinchi bankomat ishga tushirildi.
Bankomat Goldsikka xususiy kompaniyasiga tegishli bo'lib, u Hindistonda yana 3 mingta shunday mashinalarni ishlab chiqarish va o'rnatish hamda xalqaro bozorlarni yanada kengaytirishni rejalashtirmoqda.
Ularni 0,5 dan 100 grammgacha bo'lgan hajmda sotib olish mumkin. Oltin narxi real vaqt rejimida bankomat ekranida aks ettirilgan va London fond birjasidagi kotirovkalarga qarab o'zgarib turadi.
Bankomat videokamera, ovozli signal va tezkor politsiya chaqiruvi funktsiyasi bilan jihozlangan va xakerlik hujumidan himoyalangan. Ishga tushirilgan kuni 20 kishi bankomat xizmatidan foydalangan