Hindistonda “o'qituvchi”-robot ixtiro qilindi

    Hindistonda sun'iy intellektga asoslangan mamlakatdagi birinchi "o'qituvchi"-robot ishlab chiqildi. U Kerala shtatida (mamlakat janubida) joylashgan maktabda dars beradi.

    Ixtirochilar o'zlari ishlab chiqqan robotga “Iris” deb nom berishdi. Sari libosi kiygizilgan robot haqiqiy o'qituvchiga xos jihatlarni o'zida jamlagan. “Iris” sinfda g'ildiraklarda harakatlanadi va talabalar bilan uchrashganda, salomlashish uchun qo'lini uzatadi. Robot turli savollarga javob bera oladi.

    Shunday bo'lsa-da, mutaxassislarning fikriga ko'ra, yaqin kelajakda robot o'qituvchilaridan foydalanish ko'lamini baholash hali ham qiyin. Ammo “Iris”ni jalb qilish tajribasi ta'limning kelajagi haqida tasavvur beradi, bu yerda sun'iy intellekt katta rol o'ynaydi, deb xabar beradi mir24.tv.