баннер
11 Apr 2025
18:31

    Hindistonda petarda fabrikasida yuz bergan portlash oqibatida yetti kishi halok bo'ldi

    Hindistonning g'arbida joylashgan Gujarat shtatidagi petarda fabrikasida yuz bergan portlash va yong'in oqibatida kamida yetti kishi halok bo'ldi va bir necha kishi jarohatlandi.

    Bu haqda Hindustan Times gazetasi ma'lum qildi.

    Hodisa noma'lum sabablarga ko'ra Banaskanta sanoat hududida sodir bo'lgan. Binoning qulab tushishi oqibatida besh nafar ishchi voqea joyida, yana ikki nafari shifoxonada hayotdan ko'z yumgan.

    Portlash yuz bergan joyda qutqaruv guruhlari ishlamoqda, vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirmoqda, deb xabar beradi report.az.


    Telegram kanalimiz
    Text to speech