Bu haqda PTI axborot agentligi xabar bermoqda.
Hodisa kechasi sharqdagi Assam shtatida sodir bo'lgan. Sayrang–Nyu-Dehli yo'nalishida harakatlangan Rajdhani Express poyezdi yovvoyi fillar podasiga borib urilgan. Mahalliy o'rmon xo'jaligi boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, sakkizta hayvon nobud bo'lgan.
Hodisa oqibatida besh vagon va poyezdning lokomotivi relsdan chiqib ketgan. “Ammo yo'lovchilar orasida jabrlanganlar yo'q”, dedi Shimoliy-Sharqiy chegara temir yo'li ma'muriyati.
Temir yo'lning shikastlangan qismidan o'tishi rejalashtirilgan poyezdlar boshqa yo'lga yo'naltirildi. Ta'mirlash ishlari olib borilmoqda, deb xabar berdi report.az.








