Bu haqda Hindustan Times gazetasi xabar berdi.
Uning ma'lumotlariga ko'ra, poyezd erta tongda halokatga uchragan. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, Xaoradan Mumbayga ketayotgan tezyurar yo'lovchi poyezdi avvalroq qisman relsdan chiqib ketgan, shunga qaramay yo'lda bo'lgan yuk poyezdiga borib urilgan.
Jarohatlangan yo'lovchilarga tibbiy yordam ko'rsatildi. Rasmiylar voqea yuzasidan tergov olib bormoqda.
O'tgan bir oy ichida Hindistonda bir necha bor shunga o'xshash temir yo'l hodisalari qayd etildi. 18-iyul kuni Uttar-Pradesh shtatida yo'lovchi poyezdining bir necha vagonlari relsdan chiqib ketishi oqibatida kamida to'rt kishi halok bo'lgandi, 20 ga yaqin kishi jarohatlangandi, deb xabar beradi tass.ru.