Bu haqda Hindiston temir yo'llari Agra hududiy boshqarmasi menejeri Tej Prakash Agarval ma'lum qildi.
“Rajastxandagi Suratgarx elektr stansiyasiga ko'mir olib ketayotgan poyezdning 25 vagoni halokatga uchradi”, dedi Agarval. Uning so'zlariga ko'ra, hodisa oqibatida hech qurbon bo'lmadi.
Uttar-Pradesh shtatidagi uchta temir yo'l liniyasida harakat to'xtatildi. Hodisa joyida favqulodda xizmatlar ishlamoqda. Hodisa sabablari o'rganilmoqda, deb xabar beradi tass.ru.
Temir yo'l vakilining so'zlariga ko'ra, qo'poruvchilik qilishga urinish istisno qilindi.