Xabarlarga ko'ra, Hindiston harbiy-havo kuchlarining Su-30 MKI qiruvchi samolyoti bugun Maxarashtra shtatining Nasik tumanida halokatga uchradi. Samolyotning ikkala uchuvchisi samolyotdan eson-omon chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan.
Samolyot Hindustan Aeronautics Limited kompaniyasida kapital ta'mirlangan va sinovdan muvaffaqiyatli o'tgan bo'lgan. Hindustan Aeronautics Limited kompaniyasi rasmiylarining aytishicha, uchuvchilar texnik nosozlik haqida xabar bergan. Ammo shunga qaramay parvoz amalga oshirilgan.
Hozirda halokatning sabablari o'rganilmoqda.