Bu haqda NDTV telekanali ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, halokatga uchragan samolyot Air India aviakompaniyasiga tegishli. Samolyot bortida 130 nafar yo'lovchi bo'lgan.
Voqea joyidan olingan videotasvirlarda yerdan qalin tutun ko'tarilayotganini ko'rish mumkin.
Voqea joyiga kamida o'nlab tez yordam mashinasi yetib kelgan, ulardan ba'zilari jarohatlanganlarni shifoxonaga yetkazgan. Politsiya hududdagi transport harakatini to'sib qo'ydi, deb xabar beradi report.az.
News18 xabariga ko'ra, halokatga uchragan samolyot Boeing 787-8 Dreamliner bo'lib, bortida 250 ga yaqin yo'lovchi bo'lgan. Taxminlarga ko'ra, hodisa samolyot Londonga uchayotganda sodir bo'lgan.