May oyi oxirida musson mavsumi boshlanganidan beri shtatda 90 nafar aholi halok bo'ldi.
So'nggi 24 soat ichida Maxarashtraning turli qismlarida 200 millimetrdan ortiq yog'ingarchilik kuzatildi. Bir qator hududlarda suv toshqini tufayli 80 ta poezd va 200 ta shaharlararo avtobus qatnovi to'xtatildi. Puna va Txana shaharlarida maktab va kollejlar yopildi.
Hindiston meteorologiya departamenti shtat markazi Mumbay uchun qizil darajadagi ogohlantirish e'lon qildi. Shahar aholisiga zarurat bo'lmasa, uylarini tark etmaslik tavsiya etildi, deb xabar beradi tass.ru.