Hindistonda yuz bergan suv toshqini qurbonlari soni 52 nafarga yetdi

    Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida may oyidan beri davom etayotgan kuchli suv toshqinlari va ko'chkilar oqibatida so'nggi 24 soat ichida kamida olti kishi halok bo'ldi.

    Tabiiy ofat qurbonlari soni 52 nafarga yetdi.

    Shtat hukumati ma'lumotlariga ko'ra, suv toshqini yuz bergan 29 ta okrugda (35 tadan) 2,1 million aholining uylari qisman yoki to'liq suv ostida qoldi. Kun davomida hududning asosiy daryosi – Braxmaputra, shuningdek, uning irmoqlari Digaru va Kollongda suv sathining biroz pasayishi qayd etildi. Biroq, bu tinimsiz kuchli yomg'ir yog'ishi tufayli ortib borayotgan suv toshqini maydonining kamayishiga ta'sir qilmadi.

    Shtat hukumati 40 000 kishiga mo'ljallangan 72 ta vaqtinchalik boshpana lageri va toshqindan jabrlanganlari uchun 64 ta mahsulotlar tarqatish markazlarini tashkil qildi. Tabiiy ofat yuz bergan hududlarda qutqaruv ishlariga quruqlikdagi qo'shinlar, chegara qo'shinlari va havo kuchlarining harbiy xizmatchilari jalb qilindi, deb xabar beradi tass.ru.