– Hammasi uchoq havoga koʻtarilgandan bir daqiqa oʻtib sodir boʻldi. Dastlab, toʻsatdan nimaningdir qattiq urilgani eshitildi. Samolyotda yashil va oq chiroqlar yondi. Taxminimcha, bu havo kemasini barqarorlashtirishga urinish yoki favqulodda vaziyat rejimi yoqilishi edi. Keyin, negadir tushunmadim, samolyot uchishni tezlatdi va yerga shoʻngʻidi.
Ramesh avval omon qolishiga ishonmagan. Samolyot qulab tushgach, oʻziga kelib, salonni tark etishga uringan.
– Xavfsizlik kamarini yechib, chiqish yoʻlini qidira boshladim va topdim, – deya qoʻshimcha qildi u. – Soʻngra chiqishga muvaffaq boʻldim. Koʻz oldimda styuardessa va boshqalarning jonsiz jasadi yotardi.
Hozir Rameshning ahvoli barqaror, deb yozgan “RIA Novosti”.