Olim Sumya Svaminatan hozirda Hindistonda kuzatilayotgan epidemiologik holatlar «hindcha» shtammning juda tez tarqaladigan varianti ekanidan ogohlantirgan.
Ta'kidlanishicha, JSST ushbu variantning mutasiyasi va tasnifi farqli bo‘lgani sabab «qiziqarli variant» ro‘yxatiga kiritgan. Ammo tashkilot hozircha uni «tashvishlantiruvchi variantlar»ning qisqa ro‘yxatiga qo‘shmagan.
Shuningdek, u ayni paytda pandemiya minglab odamlarga ta'sir qilishi va tez tarqalishi sababli virus bilan kurashish juda qiyin ekanini, vaziyatni nazorat qilishni tiklash uchun emlashning o‘zi yetarli bo‘lmasligini aytgan. Hindiston dunyodagi eng yirik vaksina ishlab chiqaruvchi mamlakat bo‘lishiga qaramay, shu paytgacha 1,3 milliard aholning atigi 2 foizi koronavirusga qarshi emlangan.