Hindistondagi mehmonxonada yuz bergan yong'in oqibatida kamida 14 kishi halok bo'ldi

    Hindistonning Kalkutta shahri markazidagi mehmonxonada yuz bergan yong'in oqibatida kamida 14 kishi halok bo'ldi, 13 kishi jarohatlandi.

    Bu haqda chorshanba kuni mahalliy ANI agentligi shahar politsiyasi komissari Manoj Kumar Vermaga tayanib, ma'lum qildi.

    Uning so'zlariga ko'ra, voqea seshanba kuni kechqurun Falpatti Machxua tumanidagi Rituraj mehmonxonasida sodir bo'lgan.

    Agentlik ma'lumotlariga ko'ra, qurbonlarning ba'zilari yong'indan qochish maqsadida yuqori qavatlardan sakragan. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda.

    Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yong'inga oshxonadan gaz sizib chiqishi sabab bo'lgan, deb xabar beradi report.az.